Markaziy bank 22-avgustdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,01 soʻmga qimmatlab, 12 100 soʻm etib belgilandi.
Narxlar 18-avgustda belgilangan 12 066 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 34 so‘mga qimmatladi.
Avvalgi kurs rekordi o‘tgan hafta o‘rnatilgan edi. 17-avgust kuni Markaziy bank kursni 12 089 so‘m etib belgilagan bo‘lsa, 18-avgust kuni biroz pasaydi.
21-avgust kuni banklarda sotish kursi 12 120 so‘mdan 12 160 so‘mgacha tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 12 015 so‘mdan 12 060 so‘mgacha belgilandi.
10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan. Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan.
Markaziy bank so‘mning dollarga nisbatan qulashini Rossiya valyutasining qadrsizlanishi bilan izohladi. Eksport tushumlari va muhojirlarning pul o‘tkazmalari kamayishi valyuta bozorida taklifning qisqarishiga olib keldi.