Android’dagi “Google Phone” ilovasi qo‘ng‘iroqlar vaqtida ijro etish mumkin bo‘lgan ovoz effektlariga ega bo‘ladi. Bu haqda “9to5Google” nashri xabar bermoqda.

Yangi funksiya “Audio Emoji” deb nomlanadi. Bu maxsus paneldagi belgilardan birini bosganda ovozli reaksiyalardan foydanalanish imkonini beradi.

Hozircha foydalanuvchilarga oltita emoji taklif qilinmoqda: qarsaklar, kulish, ziyofat, ko‘z yoshlari, axlat va baraban.

android, audio emoji, qo'ng'iroq

Misol uchun, agar foydalanuvchi yig‘layotgan yuzni tanlasa, muvaffaqiyatsizlikni anglatuvchi istehzoli qayg‘uli ovoz yangraydi.

Shuningdek, har bir emoji uchun ekranda tegishli animatsiya paydo bo‘ladi.

Reaksiya panelini ochish uchun qo‘shimcha suhbat menyusida maxsus tugmani bosish kerak. Bundan tashqari, qo‘ng‘iroqni boshqarish interfeysi ustidagi maxsus belgi mavjud.

Suhbatdoshni g‘azablantirmaslik uchun har bir ta’sirdan keyin reaksiyalar bir necha soniya davomida bloklanadi.

Hozircha bu funksiya faqat “Google Phone” ilovasining beta-versiyasida mavjud. Kelgusi haftalarda funksiya barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” Android’da notanish telefon raqamlari haqidagi ma’lumotlarni topish osonlashishi haqida yozgandi.

Google’ning Lookup vositasi foydalanuvchiga notanish telefon raqamlardan qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni tezda topishga yordam beradi.