“SpaceX” koinotga parvozlar uchun joylarni bron qilish xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xususiyat endi tashkilot veb-saytida mavjud.

Kompaniya potensial sayyohlarga uchish uchun to‘rtta ajoyib yo‘nalishni taklif etadi: Yer orbitasi, xalqaro kosmik stansiya (XKS), Mars va Oy.

Ushbu yo‘nalishlarning har biri yerdagi hayotni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va dunyo jamoatchiligining kosmos haqida xabardorligini oshirishga imkon beradi.

Parvozlar “Dragon” va “Starship” kosmik kemalarida amalga oshiriladi. “Dragon” kosmik kemasi 7tagacha yo‘lovchini Yer orbitasiga va undan tashqariga olib chiqishga qodir.

Bu hozirda yerga katta hajmdagi yuklarni qaytarishga qodir parvoz qilayotgan yagona kosmik kema va odamlarni kosmik stansiyaga olib boradigan birinchi xususiy kosmik kemadir.

“Starship” esa qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kema va u o‘ta og‘ir raketa tizimining ikkinchi bosqichi bo‘lib, ekipaj va yuklarni past yer orbitasiga, Oy va Marsga tashish uchun mo‘ljallangan.

Biroq, hozircha faqat ikki yo‘nalishda borish, 2024-yil oxirida Yer orbitasiga, 2025-yilda esa XKSga uchish mumkin.

Kosmik sayohatchilar uchun maxsus jihozlar, jumladan skafandr, sensorli qo‘lqoplar va 3D printerda tayyorlangan dubulg‘a taqdim etiladi.

Sayyohlar noyob tajriba va ilmiy izlanishlar hamda kosmik bilimlarni ommalashtirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask Texasda “Tesla” va “SpaceX” xodimlari uchun yangi shahar qurishi haqida yozgandi.

Milliarder o‘zining kompaniyalari xodimlarini ish joyi yaqinidan arzonroq uy-joy bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.