Kecha, 19:28 Biznes
Oktabr oyida O‘zbekistondagi qaysi startaplar investitsiyalar jalb qildi?
Jami qiymati $1,5 mln dan ortiq bo‘lgan 12 ta bitim imzolandi. Eng yirik investitsiyani Delever onlayn savdo va yetkazib berish platformasi qo‘lga kiritdi.
Kecha, 18:53 Biznes
Yevropa Ittifoqi Wildberries rahbari Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin
Iyul oyidan buyon WB marketpleysi tarkibiga kiruvchi WB Bank Yevropa Ittifoqi cheklovlari ostida qolmoqda.
Kecha, 18:51 Biznes
O‘zbekistonda investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bog‘lovchi yagona platforma ishga tushdi
Investorlar platformadan loyihalari uchun kerakli mahsulotlarni topishda foydalanishi mumkin.
Kecha, 18:11 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,24 so‘mga oshib, 12 023,61 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 18:06 Transport
Toshkentning Farhod ko‘chasida svetoforlar ishi o‘zgartirilib, yo‘l vaqti 4 daqiqagacha qisqardi
Ertalab 07:00 dan 10:00 gacha Kichik halqa yo‘li tomon, qolgan vaqtda Katta Xirmontepa ko‘chasi tomon harakatga ustuvorlik beriladi.
Kecha, 17:35 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar Cardblock orqali 278,3 mlrd so‘mlik firibgarlik holatlari haqida murojaat qilgan
Ro‘yxatga olingan holatlarning eng ko‘pi telefonga zararli dasturlar o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Umumiy zararning 113,1 mlrd so‘mi bloklangan.
Tadbirlar
17
noy
“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” tashabbusi doirasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
19
noy
Xalqaro fintex-forum FINNEXT Asia 2026
19
noy
INSUR Asia 2026
19
noy
Sovrin jamg‘armasi 45 mln so‘mni tashkil etuvchi PizzaPitch Women startaplar tanlovi
21
noy
Mukofot jamg‘armasi 50 mln so‘m bo‘lgan FinTech Hackathon 2026
21
noy
Startup Roast startaplarining ommaviy tahlili
Kecha, 15:08 Iqtisodiyot
Renovatsiya doirasida aholi Yangi Toshkentdan 1,5 baravar kattaroq uylar olishi mumkin
Xonadonlar soni, maydoni va boshqa shartlar uy egalari bilan kelishiladi.
Kecha, 14:39 Iqtisodiyot
Buxoro NQIZ import qo‘shimchalardan voz kechib, Yevro-5 benzin ishlab chiqarishga o‘tadi
Hozir zavod oktan oshiruvchi import qo‘shimchalar yordamida Yevro-2 sifatidagi AI-92 benzin ishlab chiqarmoqda. Kelajakda u benzol va propan-propilen fraksiyasi kabi neft-kimyo mahsulotlarini ham chiqaradi.
Kecha, 14:00 Energetika
Markaziy bank yangi energiya tariflarini oldindan e’lon qilishni taklif etdi
Bu aholi va korxonalarga xarajatlarini rejalashtirish hamda inflyatsion kutilmalarni barqarorlashtirishga yordam beradi.
Kecha, 12:32 IT
Telegram’da videoxabarlarni turli shakllarda yuborish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin
Taklif hozircha dizayn konsepti hisoblanib, ushbu imkoniyatning rasman ishga tushirilishi haqida e’lon berilmagan.
Kecha, 12:06 Iqtisodiyot
Jizzaxdagi tungi klublarning 500 ga yaqin “milliy qadriyatlarga zid” reklama videolari aniqlandi
Tekshiruv natijasida ikkita klubning rasmiy sahifalaridagi qonunchilikka zid reklama materiallari olib tashlandi.
Kecha, 11:25 Biznes
Toshkent viloyatida Yaponiya bilan ip-kalava qo‘shma korxonasi tashkil etilishi mumkin
Qo‘shma korxonada maxsus ip-kalava ishlab chiqarish va bo‘yash, tayyor mahsulotlarni Yaponiya hamda Xitoy bozorlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Kecha, 10:29 Qonunchilik
Barcha maktablarda huquqiy savodxonlik dasturi joriy etiladi
Unda bolalarga o‘z huquqlarini bilish, zo‘ravonlikdan himoyalanish va huquqlari buzilganda qayerga murojaat qilish o‘rgatiladi.
Kecha, 09:57 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yo‘llarga o‘rnatilgan radarlarning to‘g‘ri ishlashi tekshirilmoqda
YHXX maxsus avtomobillar yordamida radarlarning texnik holati, tezlikni qayd etish aniqligi va qonuniy ishlashini tekshirmoqda.
Kecha, 09:46 Iqtisodiyot
Toshkentda noqonuniy pul aylanmasida gumonlanganlardan 3 ta Starlink antennasi olib qo‘yildi
Bundan tashqari, Toshkent IIBB internetda tanishish uchun o‘zini ayol sifatida tanishtirgan kiberfiribgarlar guruhini fosh etdi.
15 noyabr 2026, 17:03 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: IMEI bahsi, kamaygan xalqaro zaxiralar va 2027-yil uchun iqtisodiy rejalar
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim hamda qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
14 noyabr 2026, 19:03 Energetika
Toshkentda gaz bosimi pasaydi, ta’minot yaqin 2−3 soatda me’yorga keltiriladi
Energetika vazirligi bosimni tiklash choralari ko‘rilgani va gaz taqsimlash tarmoqlarida bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilishini ma’lum qildi.
14 noyabr 2026, 16:49 Iqtisodiyot
Tashmachilik va IMEI sxemalari: nega O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmat?
Bojxona qo‘mitasi vakili Farhod Olimjonov telefonlarni noqonuniy olib kirish va IMEI-kodlarni qalbakilashtirish iPhone narxlarining pasayishiga to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi.
14 noyabr 2026, 14:25 Iqtisodiyot
“So‘mga ishonchni oshirish orqali dollarizatsiyani kamaytiramiz” — Timur Ishmetov
Markaziy bank raisi aholi depozitlari va kreditlarini milliy valyutaga o‘tkazish orqali dollarlashuv darajasi va valyuta xatarlarini kamaytirish ko‘zda tutilganini bildirdi.
14 noyabr 2026, 12:37 Qonunchilik
Dorilarni retseptsiz beriladigan toifaga kiritish tartibi yangilandi
Endi dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritishda ularni shifokor nazoratisiz xavfsiz qo‘llash imkoniyati, noto‘g‘ri foydalanish xavfi va boshqa mezonlar baholanadi.
14 noyabr 2026, 12:21 Energetika
Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi — hukumat qarori
1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha gaz resurslari birinchi navbatda uylar, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Havo harorati keskin pasayganda boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
14 noyabr 2026, 09:00 Biznes
FAW maxsus texnikalari biznes uchun keng imkoniyatlar va ishonchli investitsiyalar taklif qiladi
BEZON — FAW’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri — qurilish, kommunal xizmatlar, yo‘l xo‘jaligi va sanoat sohalari uchun maxsus texnikalarni 30% boshlang‘ich to‘lov hamda 12 oydan 60 oygacha muddatli to‘lov asosida xarid qilishni taklif etadi.
14 noyabr 2026, 01:08 Iqtisodiyot
“Har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak”: Saida Mirziyoyeva — budjet xarajatlari haqida
Prezident Administratsiyasi rahbari kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari ustidan raqamli nazorat va ochiqlik kuchaytirilishini ma’lum qildi.
14 noyabr 2026, 00:27 Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2027-yilda $65 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda
Yangi sanoat siyosati doirasida kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa istiqbolli tarmoqlarga yirik investorlar jalb qilinadi.
14 noyabr 2026, 00:10 Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2027-yilda 7% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda
Kelgusi yilda YIMni $232 mlrdga yetkazish, oltinsiz eksportni qariyb $40 mlrdga oshirish rejalashtirilgan. Davlat budjeti xarajatlari esa 464 trln so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
13 noyabr 2026, 19:19 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 24 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
13 noyabr 2026, 19:00 Ta'lim
Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob
Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
13 noyabr 2026, 18:59 Iqtisodiyot
ILMA O‘zbekistonda savdo qilish mumkin bo‘lgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini tuzadi
Muomaladagi aktivlar hajmi agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
13 noyabr 2026, 18:55 Biznes
Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi da’volarini rad etdi
Nizo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq bo‘lgan. Investitsiyaviy arbitraj ishi 2021-yilda boshlanib, qariyb besh yil davom etdi.
13 noyabr 2026, 18:38 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 40,93 so‘mga oshib, 12 014,37 so‘mni tashkil etdi.
13 noyabr 2026, 17:25 Iqtisodiyot
Malakali investor maqomini kimlar va qanday olishi mumkin?
Jismoniy shaxslar fond bozori bo‘yicha test topshiradi, ayrim mijozlar esa bundan ozod etilishi mumkin.
13 noyabr 2026, 17:00 Biznes
AI infratuzilma sohasida yil yakunlari: Servercore “IT palov” nomli flagman tadbir o‘tkazadi
24-noyabr kuni Toshkentda Servercore AI infratuzilma sohasida yil yakunlariga bag‘ishlangan flagman IT tadbirini o‘tkazadi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo biznesida SIni joriy etish, bulutli GPU’larning yangi turlari, infratuzilma barqarorligi va ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish masalalarini muhokama qiladi.
13 noyabr 2026, 16:43 Biznes
Afg‘oniston O‘zbekiston bozoriga kartoshka yetkazib berishni boshladi
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha pilot loyiha Bomiyon viloyatidagi 17 gektar maydonni qamrab oldi va har gektardan 45 tonnagacha hosil olish imkonini berdi.
13 noyabr 2026, 16:11 Iqtisodiyot
Endi O‘zbekistonda xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan faqat malakali investorlar savdo qila oladi
Muomalaga yirik xorijiy maydonchalar aktivlari asosidagi vositalar kiritilishiga ruxsat beriladi.
13 noyabr 2026, 15:25 Iqtisodiyot
Statistika qo‘mitasi narxlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi
Platformada eng ko‘p qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar hamda hududlar o‘rtasidagi narx farqi ko‘rsatiladi.
13 noyabr 2026, 15:18 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida ishlashi mumkin
Stokgolm forumida o‘zbekistonliklarni Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qurilish va muhandislik sohalariga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
13 noyabr 2026, 14:41 Biznes
Tesla va SpaceX dekabr oyida birlashishini e’lon qilishi mumkin — Bloomberg
Kompaniyalar direktorlar kengashlari birlashish shartlari va birlashgan kompaniyaning boshqaruv tuzilmasini kelishib olmoqda.
13 noyabr 2026, 14:18 Iqtisodiyot
1
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
YIMning yangilangan va avvalgi bahosi o‘rtasidagi farq 277,1 trln so‘m yoki 15% ni tashkil etdi.
13 noyabr 2026, 12:36 Iqtisodiyot
Bir kunda noqonuniy saqlangan 250 ga yaqin gaz balloni aniqlandi — DXX
Ulardagi 1 160 kg suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojiga yetardi. Qoidabuzarlar orasida gaz ta’minoti tizimi xodimlari ham bor.
13 noyabr 2026, 11:56 Energetika
O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish ikki kunda 16,9 mln kVt·soatga oshdi
12-noyabr kuni 266,1 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 10-noyabrga nisbatan 6,8% ga, 11-noyabrga nisbatan 3,7% ga ko‘p.