Bugun, 18:37 Transport
O‘zbekistonda Onix ishlab chiqarish 20% ga, Cobalt esa 4% ga oshdi
BYD avgust oyida, Kia va Chery esa sentabr oyida avtomobil ishlab chiqarishni keskin oshirdi.
Bugun, 18:12 IT
Samsung surilib kengayadigan ekranli smartfon yaratmoqda — OAV
Bu orqali ekran nisbati 16:9 dan 21:9 gacha o‘zgarishi mumkin. Smartfon 2028-yilda chiqishi taxmin qilinmoqda.
Bugun, 18:05 Iqtisodiyot
Yaylovlardan o‘t o‘rish pulli bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz — Qonunchilik palatasi
Qonun loyihasi aholi uchun qo‘shimcha xarajatlarni emas, balki jamoat yaylovlarini tashkil etish va ulardan bepul foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi.
Bugun, 18:01 Iqtisodiyot
“Bojxonada IMEI soxtaligini aniqlash imkoniyati deyarli yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi
Boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonovaytishicha, telefon IMEI raqamini aniqlash bojxona zimmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklatilmagan va buning uchun maxsus bilim kerak.
Bugun, 17:39 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,17 so‘mga oshib, 11 973,44 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:45 Iqtisodiyot
Yangi Toshkentda alohida hokimlik tashkil etiladi
Shahar hokimligi dastlab 14 shtat birligidan iborat bo‘ladi. Uning faoliyati respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Tadbirlar
12
noy
Xitoyning Xaynan provinsiyasi biznes vakillari bilan B2B uchrashuvi
12
noy
Food Nomad Summit
12
noy
Automechanika Dubai 2026 xalqaro koʻrgazmasi
12
noy
E-Tech Expo 2026 xalqaro ko'rgazmasi
12
noy
Securex Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasi
12
noy
BRICS xalqaro qurilish ko‘rgazmasi va forumi
Bugun, 14:49 Ko‘chmas mulk
Yakkasaroyda uy tomidagi o‘zboshimcha terrasani buzish paytida yuqori qavatlarni suv bosdi — Qurilish inspeksiyasi
Terrasa buzib bo‘lingan, quruvchilar tomni yopishga kirishdi. Bino hali rasman foydalanishga topshirilmagan.
Bugun, 14:07 Iqtisodiyot
JSTga a’zolik doirasida IMEI to‘lovini bekor qilish masalasi hali ko‘tarilgani yo‘q — UzIMEI
To‘qqiz oyda O‘zbekistonda 7,34 mln ta IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda jismoniy shaxslar uchun to‘lov 88 ming so‘mni, 30 kunlik muddatdan keyin esa 110 ming so‘mni tashkil etadi.
Bugun, 13:26 Iqtisodiyot
Banklar bir oyda 1,7 trln so‘mlik shubhali operatsiyalarni chekladi
Xalq banki 2,03 mln yuqori xavfli sessiya bilan yetakchi bo‘ldi. Orient Finans bankda esa shubhali operatsiyalar bo‘yicha 636 mlrd so‘m cheklangan.
Bugun, 11:50 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar Fransiyaga issiqxonada ishlashga taklif qilinmoqda. Maosh — 1620 yevro
Ish 2027-yildan boshlanadi, anketalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi.
Bugun, 11:02 Transport
O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishdi
Tomonlar qurilish materiallarini tashish xarajatlarini maqbullashtirish va chegara punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Bugun, 10:27 Biznes
WB Taxi O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topildi
Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
Bugun, 10:00 Iqtisodiyot
Tailand xorijiy sayyohlar uchun turistik yig‘im joriy etishni rejalashtirmoqda
Taklif hali yakuniy tasdiqlanmagan bo‘lib, 450 bat (taxminan $13,5) miqdoridagi yig‘im 2027-yil o‘rtalaridan joriy etilishi mumkin.
Bugun, 09:35 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqlim xavflariga qarshi yangi hamkorlik modelini taklif qildi
Ular iqlim xavflari haqida ma’lumot almashish, ekologik texnologiyalarni rivojlantirish va yangi moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Kecha, 21:00 Iqtisodiyot
IMEI sabab telefonlarni bojxonada rasmiylashtirish to‘xtatilib, bir sutkada tiklandi. Nima bo‘ldi va nimalar o‘zgardi?
Toshkent aeroportida xorijdan olib kelingan telefonlar yana rasmiylashtirilmoqda. Spot nima sodir bo‘lgani, yo‘lovchilar uchun qanday o‘zgarishlar yuz bergani va ekspertlar vaziyatga qanday baho berayotganini o‘rgandi.
Kecha, 20:32 Transport
Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini asosan 30 yoshgacha bo‘lganlar to‘lamayapti
2026-yilning yanvar-oktabr oylarida 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Kecha, 18:59 Iqtisodiyot
Markaziy bank oktabrda 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Yana bir bank va bitta mikromoliya tashkilotiga ogohlantirish berildi.
Kecha, 18:55 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,75 so‘mga pasayib, 11 964,27 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 18:24 Iqtisodiyot
O‘zbekiston JSTga kirgach, mobil qurilmalar uchun boj nolga tushiriladi — Bojxona qo‘mitasi
Shu hisobiga telefonlar aholi uchun 5% gacha arzonlashadi, biroq qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlanib qoladi. Budjet esa 300−400 mlrd so‘m tushumdan mahrum bo‘ladi.
Kecha, 17:05 Iqtisodiyot
Toshkent aeroportida xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni IMEIdan o‘tkazish tiklandi
Bundan buyon IMEI kodi o‘zgartirilganiga shubha tug‘ilganda bojxona xodimlari aeroportda doimiy ishlaydigan UzIMEI markazi vakillariga murojaat qiladi.
Kecha, 17:00 Biznes
O‘ziga ish haqi to‘lashni qanday to‘g‘ri tashkil etish kerak: biznes egasi nimalarni bilishi muhim
“Kapitalbank"ning maxsus loyihasi doirasida biznes egasi shaxsiy va korporativ moliyani qanday ajratishi, to‘lovlar miqdorini belgilashi va kassa uzilishlarining oldini olishi haqida.
Kecha, 16:15 Iqtisodiyot
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln qarz ajratadi
Qarzdan tashqari, loyihaga $8 mln grant ham ajratiladi. Loyihaning umumiy qiymati $68 mlnni tashkil etadi.
Kecha, 14:56 Iqtisodiyot
Yangi Toshkentda $50 mln va undan ortiq loyihalar uchun foyda solig‘i 1% ga tushiriladi
Investitsiya hajmiga qarab imtiyoz muddati 5 yildan 15 yilgacha bo‘ladi, obyektlar esa 20 yilga mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.
Kecha, 13:29 Iqtisodiyot
O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln xorijlik turist keldi
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 mln kishiga ko‘p. Eng ko‘p turist Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan keldi.
Kecha, 13:00 Biznes
ROX Group: ko‘p tarmoqli ekotizim va O‘zbekistondagi yirik shaharsozlik loyihalari
Vyetnam kompaniyasi Buxoro, Toshkent va Samarqandda umumiy qiymati 4,5 mlrd dollar bo‘lgan to‘rtta loyiha taklif qildi. Kompaniya Zominda sanoat zonasini rivojlantirish imkoniyatini o‘rganishni ham taklif etdi.
Kecha, 12:39 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Shvetsiya 1,5 yillik migratsiya dasturini ishga tushiradi
O‘zbekiston texnikumlarida shved tili kurslari va Shvetsiya kompaniyalari buyurtmasi asosida o‘quv dasturlarini tashkil etish taklif qilinmoqda.
Kecha, 12:01 Iqtisodiyot
Rossiyada mehnat migrantlari ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi
Tartib 2027-yildan kuchga kirishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning ishlamaydigan oila a’zolari Rossiyada bo‘lish muddatini cheklashga qaratilgan.
Kecha, 11:22 Iqtisodiyot
O‘zbekistonlik qurilish mutaxassislari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2400 yevrogacha
Nomzodlar 8 oy davomida nemis tilini bepul o‘rganadi. Shuningdek, ularga Germaniyada uy-joy topish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida yordam ko‘rsatiladi.
Kecha, 11:00 Biznes
“Mijozingiz sizni xaritadan topadi”: Yandex Maps oflayn biznesga qanday yordam beradi?
O‘zbekistondagi kompaniyalar mijozlarni jalb qilish uchun Yandex Maps imkoniyatlaridan qanday foydalanishi va kompaniya profilini muntazam yangilab borish nima uchun muhimligi haqida — maqolada.
Kecha, 10:30 Energetika
O‘zbekistonda bir kunda 249,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
10-noyabr kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish yillik hisobda 2,5% ga kamayib, shu kuni iste’mol ham o‘tgan yilga nisbatan 8,5% ga qisqardi.
Kecha, 09:45 Iqtisodiyot
Toshkent aeroportida xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni IMEIdan o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi
Bunga IMEI kodlarini soxtalashtirish va boshqa qurilmalar identifikatorlaridan foydalanib, bojxona limitlarini chetlab o‘tish holatlari sabab bo‘lgan.
10 noyabr 2026, 20:26 Transport
Toshkentda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 146,5 mingta bayonnoma tuzildi
Nazorat-reyd tadbirlari davomida noyabr oyining dastlabki to‘qqiz kunida jami 7757 ta qoidabuzarlik qayd etilgan.
10 noyabr 2026, 20:00 Qo‘llanmalar
Haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin? Tartib va xarajatlar
Spot haydovchilik guvohnomasini olish tartibi, imtihonlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni jamladi. Barcha bosqichlardan birinchi urinishdayoq o‘tilsa, B toifali guvohnoma taxminan 10−11 mln so‘mga tushadi.
10 noyabr 2026, 18:46 Iqtisodiyot
Eskirgan standartlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda
Mamlakatda amaldagi 33 mingdan ortiq standartning qariyb yarmi eskirgan yoki xalqaro talablarga javob bermaydi. Shu bois Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga parlament so‘rovi yuborildi.
10 noyabr 2026, 18:28 IT
AQSHda odamsimon robotlarga oldindan buyurtma berish boshlandi
Qo‘llari va tananing pastki qismisiz stol usti modeli $11 950, oyoqlari bilan to‘liq jihozlangan robot esa $59 950 turishi kutilmoqda.
10 noyabr 2026, 18:17 Qonunchilik
Fuqarolik holati hujjatlaridagi xatolarni sud orqali to‘g‘rilash tartibi belgilanadi
Qonun loyihasi bilan sud boshqaruvchilarini vazifasidan ozod etish va sudgacha sanatsiya qilish tartibi ham belgilanmoqda. Hujjat birinchi o‘qishda qabul qilindi.
10 noyabr 2026, 17:54 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 20,08 so‘mga pasayib, 11 974,02 so‘mni tashkil etdi.
10 noyabr 2026, 17:23 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ayrim mahsulotlar importiga nol stavkali bojni uzaytirmaslik taklif qilindi, biroq u rad etildi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi sut, makaron hamda ichimliklar kabi 9 turdagi mahsulotlarni ro‘yxatdan chiqarish yetarlicha iqtisodiy asoslanmaganini bildirdi.
10 noyabr 2026, 16:49 Iqtisodiyot
Kredit reklamasida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi
Yangi qonunga ko‘ra, kredit va mikroqarz reklamalarida bunday ogohlantirish uchun kamida 10% maydon yoki efir vaqti ajratiladi.
10 noyabr 2026, 16:39 Qonunchilik
O‘zbekistonda anonim shikoyat asosida tadbirkorlarni tekshirish taqiqlanishi mumkin
Tekshiruv uchun qonuniy asos borligini va qoidabuzarlikni nazorat qiluvchi organ isbotlashi shart bo‘ladi. Qonunchilikdagi noaniqliklar esa tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.