Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi eksportyor korxonalar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 35 million dollardan ortiq meva-sabzavot eksport qilindi, deb xabar beradi Biznes-daily media.

Farg‘ona viloyatida meva-sabzavot yetishtirish hamda uni eksport qilish boracida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, o‘tgan davr mobaynida 128 million dollardan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.

Ayni kunlarda 100 ming gektar maydonda takroriy ekinlar ekilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunga kelib tumanda qariyb 21 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilindi. «Reflection», «Vodiy grant meva-sabzavot» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, tadbirkor Faxriddin Hamdamov tomonidan amalga oshirilayotgan eksport hajmi yanada oshmoqda.

Xabarda keltirilishicha, «Jamiyatimiz tomonidan 1 ming 200 tona meva-sabzavot Rossiyaga eksport qilindi. Ayni paytda mahsulot eksport qilish qizg‘in bormoqda. O‘tgan yili 1 ming 500 tonna sig‘imga ega sovutgichni ishga tushirdik. Shuningdek, eksportni amalga oshirish uchun zamonaviy logistika markazi bunyod etildi. Hozir eksport hajmini oshirish uchun xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish ustida ishlamoqdamiz», — deydi «Vodiy grant meva-sabzavot» MCHJ direktori Jahongir Zokirov.

Tumanda g‘alladan bo‘shagan 4 ming 900 gektar maydonga sabzavot, kartoshka, kungaboqar, dukkakli va poliz ekinlari ekildi. Fermer va dehqonlar bilan shartnoma imzolandi.