Poytaxt bozorlarida Redmi 6 Rro (32 Gb) 1,6 million so‘m qiymatdan (64 Gb) 2 million so‘m qiymatgacha baholanmoqda, deb yozadi Mobinfo.
Xiaomi kompaniyasi O‘zbekistonda rasmiy ravishda Redmi 6 Pro modelini sotishni yo‘lga qo‘ydi. Metall qutidagi qurilma iPhone X ga o‘xshash dizayn taqdim etildi. Uyali qurilma, aslida, Redmi 5 Plus modelining yangilangan ko‘rinishi hisoblanadi.
Texnik xususiyatiga ko‘ra u 5.84 duymli displey bilan jihozlangan. Ichki qismida 3 yoki 4 GB operativ xotira biriktirilgan va 32 GB / 64 GB o‘rnatilgan xotirali Snapdragon 625 protsessori o‘rnatilgan.
Redmi 6 Rro da AI portret va AI go‘zallik tartibi mavjud 5-megapikselli old kamera, shuningdek AI yuz qulfini ochuvchi funksiyasi mavjud. Orqa panelda esa 12 MP + 5 MP datchikli qo‘sh kamera o‘rnatilgan. Orqa kamera soniyasiga 30 kadr tezlikdagi 1080p, 720p i 4800p formatlarda video yozib olish va sekundiga 120 kadr tezlikda 720p video tasvirga tushirishi mumkin.
Redmi 6 Rro ning 3 Gb OZU li modeli 155 $ ga, 4 Gb OZU + 32 Gb va 4 Gb OZU + 64 Gb li modellari 185$, 200$ ga baholanmoqda.