01

Oilaviy mehmon uyi nima?

Oilaviy mehmon uyi shaxsiy uyga egalik qilish bo‘lib, mazkur mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uy-joydir. Bunda mazkur joy har bir yashovchi shaxsga 3 m² hisobidan to‘g‘ri keladigan turar-joy maydoniga ega bo‘lishi lozim.

02

Kim oilaviy mehmon uyini ochishi mumkin?

Oilaviy mehmon uyini tashkil etish uchun tegishli turar-joyga ega bo‘lgan shaxs Oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va uning yagona reyestriga kirish uchun ariza berishi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

03

Oilaviy mehmon uyiga qanday talablar qo‘yilgan?

Uy egalari ijarachilar uchun zarur sharoitlarni yaratishlari joiz. Uch bobdan iborat ro‘yhat tasdiqlangan: sanitar-gigiyenik qulayliklar, xavfsizlik va qulaylik sharoitlarini ta’minlash. Masalan, suv ta’minoti, o‘t o‘chirgich, obodonlashtirishga ixtisoslashgan hudud, viveska, telefon va boshqalar. Bundan tashqari, tavsiyalar ham mavjud — ular ixtiyoriy, ammo kerakli. Masalan, favqulodda yoritish, taksi xizmati, sauna, basseyn va boshqalar kiradi.

04

Bularning barchasi mavjud. Endi nima qilish kerak?

Endi Davlat turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga uyni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi bayonot bilan murojaat qilish kerak. Ular arizani ko‘rib chiqadilar (uch kun) va uyni o‘rganadilar. Agar barcha talablar bajarilgan bo‘lsa, unda registrga kiritilgan alohida raqam beriladi va bir nusxa beriladi (bir kun). Uy uy-joy talablariga javob bermasa, idora yozma ravishda tuzatish (bir kun) haqidagi buyruq bilan yozma rad javobini yo‘llaydi. Bunday holda, siz muammolarni tuzatib, qayta ariza topshirasiz.

05

Bu qancha turadi?

Hechqancha. Uyni restrga kiritish va ko‘chirish uchun haq olinmaydi. Bundan tashqari, agar siz arizani qayta rasmiylashtirishingiz yoki dublikat olishingiz kerak bo‘lsa, unda bu holda ham to‘lov olinmaydi. Agar birob shaxs uning aksini aytgan bo‘lsa, darhol huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ro‘yxatga kiritilgan ma’lumotlar uchun faqatgina 4 turdagi ma’lumot kerak: YAT yoki OT nomi, pochta manzili, INN, FISH.

06

Ro‘yxatga kiritilib ko‘chirma nusxasi olingandan keyin nima bo‘ladi?

Mehmonlarni qabul qilishni boshlashingiz mumkin. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buzilishlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha talablar qanday bajarilganligini monitoring qiladi. Monitoring uyni o‘zi o‘rganib, sayyohlarni so‘roq qilish orqali amalga oshiriladi. Agar talablar buzilganligi ma’lum bo‘ladigan bo‘lsa, uyni ro‘yxatdan olib tashlash mumkin va mehmonlar endi qabul qilish mumkin bo‘lmaydi.

07

Hammasi tushunarli. Arizani qayerdan olish va ko‘proq ma’lumotga bo‘lish mumkin?

Ariza shaklini yuklab, talablar haqida bu yerda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.