“O'zbektelekom” AK va “ElKat” mas’uliyati cheklangan jamiyati (Qirg'iziston Respublikasi) o’rtasida Quvasoy (Farg'ona viloyati) — Qizil-Kiya (Batken viloyati) hududida yangi transchegaraviy aloqani qurish jarayoni tugallandi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida keltirilgan.

Xalqaro telekommunikatsion tutashma 2018 yil 16 avgustda tijorat faoliyati uchun qabul qilindi.

Yangi transchegaraviy aloqa Qirg’iziston hududidan o’tadigan Internetga chiqish uchun muqobil yo’lni ochadi.

Ushbu marshrut Afg’oniston va Turkmaniston yo’nalishlarida tranzit aloqa kanallari taqdimetish orqali “O'zbektelekom” AK eksport salohiyatini oshiradi.