Sirg‘ali tumanidagi Toyota Prado TXL 2.7 avtomobili 443 million so‘mga baholanmoqda. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.
Avtomobil 2016 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 4530 masofa yurgan.
Obyekt jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan 2018 yil iyundagi qarori bo’yicha kim oshdi savdosiga qo’yildi.
Auksion 30 avgust kuni bo’lib o’tadi, arizalar 28-avgustgacha qabul qilinadi.
Zakalat puli 22 million so’mni tashkil etadi.
E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.