Yaqin orada WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarni quvontirmaydigan yangilikni amalga oshiradi. Dasturda pullik xabar paydo bo’ladi, ushbu dastur haqida ishlab chiquvchilarning rasmiy blogida batafsil yozilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu yangilik faqatgina reklama va xizmat ko’rsatish tarqatmalariga ta’sir qiladi.
Ishlab chiquvchilar shu yo’l bilan turli tashkilotlardan foydalanuvchilarga kelishi mumkin bo’lgan spamga ta’sir ko’rsatishga, shuningdek ommaviy pochta jo’natmalarini minimallashtirishga intilmoqdalar.
“Ba'zi xabarlarni jo’natish bo’yicha xizmatlar kompaniyalar uchun pullik bo’ladi, shuning uchun ular qanday xabarlar yuborish mumkinligini tanlaydi — sizning yozishmalaringizda esa tartibsizlik bo’lmaydi”, deyiladi xabarda.
Kompaniyaning vakillari bunday yangilik haqida 2017 yilda ma’lum qilgan edilar. Ularning so’zlariga ko’ra, keraksiz ma’lumotlarni olish, shuningdek pochta jo’natmalaridan qutulish uchun foydalanuvchilar “bir marta bosish” orqali bunday jo’natmalarni to’sishga qodir bo’ladilar.