AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali boshqaruvchisi o’zining jinoiy sheriklari, filiali bosh hisobchisi hamda kassa mudiri bilan o’zaro jinoiy til biriktirib, bank kassasida mavjud bo’lgan 409 mln. 866 ming 394,53 so’m zahira pullarini shaxsiy manfaatlari yo’lida ishlatib yuborib, mablag’larni o’zlashtirish yo’li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bergan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O'zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish: juda ko’p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.