Ochiq osmon ostidagi avtosalonlar butun respublika bo‘ylab tashkil qilinadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

2 sentyabr kuni “GM Uzbekistan” “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” yangi aksiyasini yo‘lga qo‘ydi.

Xabarga ko‘ra, salon ilk bor Toshkent shahridagi “Sergeli” avtomobil bozori hududida tashkil etildi, bu yerda savdoga eng talabgir “Spark”, “Kobalt” va “Lasetti” rusumli avtomobillari qo‘yildi.

Avtosalonning ilk ish kunida jami 3 mlrd. 850 mln. so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

“Odamlarning ijobiy fikrlarini inobatga olib, kompaniya ochiq osmon ostidagi avtosalonlarni doimiy ravishda butun respublika bo‘ylab tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilishdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 dona “Spark”, “Kobalt” va “Lasetti” rusumli avtomobillari qo‘yildi. Xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar sonini oshirishga hamda yaqin fursatlarda boshqa rusumdagi va turli komplektatsiya va rangdagi avtomobillarni qo‘shiladi.