“Toshshahartransxizmat” AJ Janubiy Koreyaning “Korea Smart-cart” Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hamkorlik natijasida poytaxt transport tizimini tubdan takomillashtirish, ayniqsa, elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Xususan, muntazam foydalanish mumkin bo‘lgan yagona to‘lov kartalarini joriy etish, jamoat transportlarida zamonaviy va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, bunda xorijlik hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish belgilangan.
5 sentabr 2018, 17:26
Texnologiyalar
Toshkent transport tizimida elektron to‘lov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
“Toshshahartransxizmat” AJ Janubiy Koreyaning “Korea Smart-cart” Co.ltd kompaniyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
«Spot»
- 732
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:30 Iqtisodiyot
Yil yakuni: O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida nimalar sodir bo‘ldi va 2025-yilda nimalar kutilmoqda?
“Spot” “Commonwealth Partnership” rahbari Denis Sokolov bilan birgalikda ko‘chmas mulk bozorida qanday o‘zgarishlar yuz bergani, uy-joy, ofis va omborlar narxlari qay darajada o‘zgargani, yangi yilda narxlar qanday bo‘lishi borasida suhbatlashdi.
Kecha, 16:06 Texnologiyalar
“YouTube” “Play Something” funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda
Bu funksiya orqali “YouTube” foydalanuvchi qiziqishlari bo‘yicha tasodifiy Shorts yoki asosiy lentadagi videolarni qo‘yadi.
Kecha, 15:33 Moliya
2025-yilda ijara to‘lovlarining minimal stavkalari qanday bo‘ladi?
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun qo‘llaniladi.
Kecha, 14:44 Biznes
Sobiq “UNG Petro” “zapravka"larida Ai-80 benzini 8150 so‘mgacha qimmatlashdi
Buxoro NQIZdagi barcha neft mahsulotlari, shu jumladan, benzin ham 1-yanvardan faqat birja orqali sotiladi.
Kecha, 12:56 Qiyofa
Odamlar nimani tomosha qilishni tanlash uchun 110 soat vaqtini izlanishga sarflaydi — tadqiqot
Ma’lum bo‘lishicha, hozir film yoki oddiy videoni tanlash 10 yil oldingiga qaraganda qiyinlashgan — kontent juda ko‘payib ketgan. Aqlli algoritmlar esa ekranni keraksiz videolar bilan to‘ldirib tashlamoqda.
Kecha, 10:30 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etilmoqda
Nomzodlarni ro‘yxatga olish 10-yanvar kuni o‘tkazilib, saralanganlar bilan onlayn suhbat 14−15 yanvar kunlari tashkil etiladi.
1 yanvar 2025, 17:57 Biznes
Elektrdan qarzdor tadbirkorlarni tarmoqdan uzib qo‘yishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda
Prezident qarzdorlikni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berish va jarimalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
1 yanvar 2025, 17:15 Iqtisodiyot
2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,8%ni tashkil qildi
Dekabr oyida oziq-ovqat narxlarining o‘sishi sezilarli darajada tezlashgan bo‘lsa, sanoat tovarlarining o‘sishi sekinlashdi.