Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etildi. Bu haqda Prezident qarorida keltirilgan.
Qaror bilan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etilib, uni faoliyatiga oid tashkiliy tadbirlar, xususan vazifalari, moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi.
Shuningdek, blokcheyn texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashadi.
Jamg‘armaning tushumlari quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
- raqamli iqtisodiyotda moliyalashtiriladigan loyihalar, jumladan blokcheyn, kripto-aktivlar;
- raqamli iqtisod sohasida kompaniyalarning ustav fondida aksiyalar va ulushlarni sotib olish;
- loyihalar uchun zarur bo’lgan tovarlar, ko’chmas mulk, transport va boshqa mol-mulkni sotib olish;
- start-uplarni qo’llab-quvvatlash uchun grantlar va kreditlar ajratish;
- treninglar, konferensiyalar, seminarlar o’tkazilishi bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish;
- talabalar va yosh mutaxassislarni qo’llab-quvvatlash uchun stipendiya va grantlar ajratish;
- xorijiy mutaxassislarni O’zbekistonga jalb qilish uchun xarajatlarni moliyalashtirish;
- raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha boshqa maqsadlarga.