Qarshi va Urganch xalqaro aeroportlarida uchuvchisiz uchish apparatini olib o‘tmoqchi bo‘lishdi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Qarshi xalqaro aeroportida “Moskva-Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaroning bagaj va qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda bir dona Xitoyda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib o‘tayotganligi fosh bo‘lgan.

O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish taqiqlangan. Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.

Ta’kidlanishicha, Urganch xalqaro aeroportida ham “Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotib, 3 dona uchuvchisiz uchish apparatlarini yashirincha olib kirayotganda to‘xtatib qolingan.