2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari xodimlari bo‘lgan nafaqaxo’rlarga, ularning ushbu muassasalardagi faoliyati asosiy ish joyi hisoblangan taqdirda, nafaqa to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bu haqda Prezident farmonida keltirilgan.

Ushbu imtiyozdan foydalanadigan xodimlar toifasi ko‘rsatilmagan. Mazkur farmon nafaqat o’qituvchilar, balki barcha maktab xodimlariga taalluqli bo‘lishi mumkin.

Hozirda ishlaydigan nafaqaxo’rlar o’zlariga tayinlangan nafaqalarning 50% ini oladilar.

Hozirgi kunda mamlakatda nafaqalarni 3,3 mln. dan ortiq insonlar oladilar (2018 yil 1 may holatiga ko’ra), ulardan 103,1 ming kishi (yoki 3,2%) nafaqaxo’rlardir.