Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Tashqi reklama qanday joylashtiriladi
2018 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tartib joriy qilinadi:
- tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxati shakllantirish, tavsiya etiladigan reklama konstruksiyalari turlari va ularni joylashtirish xaritalari (sxemaslari)ni tuzish hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklarini tomonidan ichki ishlar, qurilish organlari va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
- tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, va davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarida joylashtirish huquqini berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida ochiq elektron auksionlar orqali amalga oshiriladi va shartnomalar mahalliy xokimliklari (tuman, shahar) tomonidan tuziladi.
- tashqi reklama joylashtirish huquqini yagona elektron savdo maydonchasida ochiq elektron auksionlarida sotishdan tushgan mablag‘lar, shuningdek o‘rnatilgan tashqi reklamani oylik to‘lovi tuman (shahar) byudjetiga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibga binoan, mahalliy davlat organlar tomonidan urnatiladigan tashqi reklama joylashtirish huquqi uchun yig‘im undiriladi va yig‘imning 90% i tuman (shahar) byudjetiga, 10%i esa — “Tasviriy oyna” ijodiy birlashmasi, uning xududiy filiallariga milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘iboti tadbirlarni moliyalashtirish, uning ma’muriyati xodimlarini ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.
Tashqi reklama obyektlarini joylashtirish huquqining boshlang‘ich narxi
Yer uchastkalari uchun — ushbu yer uchastkasi uchun belgilangan yer solig‘ining 10 barobari miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘zda tutilgan foydalanish muddatining har bir yili uchun;
- Davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun — bino va inshootning fasad qismi hamda perimetri bo‘yicha, shuningdek har bir reklama peshlavha uchun ko‘zda tutilgan foydalanish muddatining 1 kv.m. uchun eng kam ijara haqi miqdorida belgilanadi.