GM Uzbekistan “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Avvalroq “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi bilan xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondirish maqsadida talabgir avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshirilishini ma’lum qilgandi.

Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, biz mexanika uzatmali “Spark” avtomobili ishlab chiqarish hajmini 6223 dan 19993 donagacha oshirmoqda.

“Kompaniya xaridorlarning talablarini qondirish va barcha ariza va takliflarga ijobiy javob berish, shuningdek qulay shartnoma tuzish uchun barcha sharoitlarni yaratish uchun barcha zaruriy choralarni amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.