Apple iPhone 8 ning kamchiliklarini tan oldi. Bu haqda РИА Новости ma’lumot berdi.

Xаbarga ko’ra, Apple bir qator nuqsonli smartfonlar aniqlanganligi haqida xabar bergan.

Ishlab chiqarish nuqsoni 2017 yil sentyabridan 2018 yil martgacha bo’lgan muddatda AQSh, Avstraliya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlardagi qurilmalarga ta’sir ko’rsatdi.

Ishlab chiqarish nuqsoni tufayli brak telefonlar to’satdan o’chib yonishi yoki umuman yonmay qolishi mumkin.

Buzuq smartfonlarni Apple bepul ta’mirlashni va’da qildi.

Ta’kidlanishicha, IPhone 8 Plus va kompaniyaning boshqa modellari ushbu muammoga duch kelmagan.

Ilgari, Apple iPhone X smartfonining egalari qo’ng’iroqlarni qabul qilishda to’siqdan shikoyat qilganlar. Ba’zi foydalanuvchilar, kiruvchi qo’ng’iroq paytida smartfon kutish rejimidan chiqmasligini va displeyning faollashmasligini payqashgan.