Eron O’zbekiston avtomobillarini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O'zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi eshittirilishida aytib o’tildi.

Xabarga ko’ra, Eron avtobus va yuk parki yangilanishga muhtoj ekanligi ma’lum bo’ldi, shuning uchun Eronning Sepehr Meshqat Caspian kompaniyasi O’zbekiston avto ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik o’rnatishga tayyor.

Birinchi bosqichda Eron kompaniyasi “O'zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining bir nechta namunalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya mahsulotni yig’ilgan va yarim yig’ilgan holda import qilishni taklif qilmoqda.

Ilgari Spot Rossiyadagi Ravon avtomobillarining yetishmovchiligi natijasida kompaniya butun yoz davomida umuman avtomobil sotmaganligi haqida ma’lumot bergan edi.