O’zbekiston II chorakda jalb qilingan sarmoya hajmi bo’yicha MDH mamlakatlari orasida birinchi o’rinni egalladi. 1,24 milliard $ yoki 51% sarmoya jalb qilingan.
Bu Yevroosiyo taraqqiyot bankining xalqaro banklarning investitsiya faoliyati sharhida keltirilgan.
Jalb qilingan sarmoya hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinni Rossiya 855,3 million $ (umumiy moliyalash 33%) miqdorda ajratilgan sarmoya bilan egalladi.
Shu bilan birga O’zbekiston va Rossiya ma’qullangan loyihalar soni bo’yicha birinchilikni egallashdi. O’tgan chorak uchun har bir mamlakatda beshtadan tashabbus tasdiqlangan.