VPN Proxy Master bir necha kun davomida O’zbekistonda iOS uchun eng ko’p yuklab olingan dastur bo’ldi.
O’zbekistonda Facebook tarmog’iga ulanishdagi qiyinchilik VPN ilovasining ommaviylashuviga olib keldi. VPN’ga qiziqish 4-sentyabr kuni boshlangan.
O’tgan hafta Google Play’da O’zbekiston bo’yicha yuklab olinadigan dasturlar 20 taligida VPN yo’q edi, bu hafta bir vaqtning o’zida ikkita — Secure VPN 18-o'rin (198 o’ringa o’sish), Thunder VPN 9-chi o’rin (172 o’ringa o’sish) paydo bo’ldi.
O’zbekistonda Thunder VPN’ning yuklab olinish grafigi. Manba — App Annie
“O'zbektelekom” muammoga aloqador emasliklarini bildirishgan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hali vaziyatni izohlamadi.