“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Mumbay va Jiddaga qatnovni yo’lga qo’ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Jiddaga qatnov joriy yilning 28-oktyabridan, Mumbayga qatnov 30-oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi
Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftsiga ikki marta, seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemasida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):
- seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 — Jidda 21:00
- seshanba va yakshanba: HY-336 Jidda 22:30 — Toshkent 05:10 + 1
Shu paytga qadar Jidda qatnovlari “Haj” dasturi doirasida bajarilgan.
Toshkent-Mumbay-Toshkent yo‘nalishi
Parvozlar haftasiga 3 marta, seshanba, chorshanba va juma kunlari zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):
- seshanba va juma: HY-427 Toshkent 00:05 — Mumbay 04:45
- seshanba va juma: HY-428 Mumbay 07:45 — Toshkent 11:20
- chorshanba: HY-427 Toshkent 08:40 — Mumbay 13:25
- chorshanba: HY-428 Mumbay 14:55 — Toshkent 18:30