GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, “GM Uzbekistan” AJ “Lacetti” (1 poz.), “Cobalt” (2 poz.) va “Nexia” (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, “Lacetti” (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda.
“Aytish joizki, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabardor qilib boriladi”, deyildi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi.