Yum! Brands’ning franchayzing hamkori International Food Chain kompaniyasi Toshkentdagi birinchi KFC restoranini ochdi.
Restoran “Buyuk Ipak Yo’li” metro bekati yaqinida joylashgan.
Restoran menyusida KFC’ning barcha asosiy taomlari mavjud. Restoran 7:00 dan 23:00 gacha ochiq va 97 kishiga mo’ljallangan.
“Markaziy Osiyo KFCni rivojlantirish uchun ustuvor hududlardan biri bo’lib, biz biznes uchun ulkan salohiyatga ega bo’lgan mamlakatda ishlashni boshlaganimizdan juda mamnunmiz. Biz O’zbekistonning qanchalik tez rivojlanayotganini ko’rmoqdamiz: yangi korxonalar paydo bo’lib, madaniyat markazlari ochilmoqda, shuningdek, hayotning turli sohalariga ilg’or innovatsiyalar joriy etilmoqda “, — deydi KFC’ning Rossiya va MDH bosh direktori Raisa Polyakova.
KFC’ning O’zbekistondagi restoranlarining birinchi bosqichida mahsulotlar MDHning boshqa mamlakatlaridan import qilinadi.