O’zbekistondagi birinchi avtotrassa Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan masofani 2 soat ichida bosib o’tish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasida Qo’mitaning birinchi o’rinbosari Laziza Qudratova boshchiligida “Cengiz — Kolin — Kalyon” kompaniyalari konsorsiumi bilan yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu haqda Qo’mitaning matbuot xizmati xabar berdi.
Yig’ilishda Toshkent-Samarqand yo’nalishi bo’yicha davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyillari asosida avtomobil yo’lini qurish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Cengiz-Kolin-Kalyon” turk konsorsiumi bilan avtomobil yo’llarini qurish bo’yicha Davlat va xususiy tadbirkorlik tamoyili asosidagi hamkorlik bo’yicha investitsion kelishuv loyihalar portfeliga kirdi. Ushbu kelishuv turk investori tomonidan taqdim etilgan bo’lib, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan shu yil bahor oyidagi O’zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan.
O’zbekiston respublikasi avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi pullik avtomobil yo’li loyihasining milliy hamkori bo’ldi.
Turkiya pudratchilar vakili ta’kidlashicha, loyiha 2 soat ichida Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan masofani bosib o’tish imkonini beradi.
“Uchrashuv chog’ida yangi avtomagistral ishlab chiqish loyihasi uy-joy massivlaridan yiroqda, yaylov va qishloq xo’jaligi yerlar va atrof-muhitga eng kam ta’sir ko’rsatishini ta’minlash kabi talablarni hisobga olish zarurligi muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Toshkent-Samarqand magistrali bo’yicha loyihani amalga oshirish 2019−2020 yillarga rejalashtirilgan.