davreestr.uz maxsus axborot portali tashkil etildi. Bu haqda “Geoinfokom” Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.
Mazkur portal jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va unga doir bitimlar davlat reyestridan ma’lumotlarni erkin kirib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Unda davlat reyestrida mavjud bo‘lgan mulkdorning ismi-sharifi, xonadon raqami, xonadon maydoni, guvohnoma seriya va raqami, huquq turi, ro‘yxatga olingan sana, kadastr raqami va boshqa shu kabi ma’lumotlar keltiriladi.
Ma’lumot olish uchun ko‘chmas mulk toifasini tanlash va maxsus ajratilgan satrga obyektning kadastr raqamini yozish kerak.
Xizmat real vaqt rejimida bepul taqdim etiladi.
Barcha ma’lumotlar olinayotgan paytda aktual hisoblanadi.