Mamlakat rahbariyati ortiqcha benzinni qo’shni davlatlarga jo’natishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Деловой Казахстан”.

Bugungi kunda mamlakatda benzin miqdori 350 ming tonnani tashkil etadi.

“Avgust-noyabr oylarida yoqilg’i-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyatga ega, aks holda ilgari Qozog’istonda hech qachon bo’lmagan to’xtatishni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bugungi kunda ikkita zamonaviylashtirilgan zavod bizga profitsit benzin berdilar. (…) Agar bu 500 ming tonna bo’lsa, mamlakat mahsulotga yetarlicha to’ladi”, — dedi Qozog’iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev.

Uning so’zlariga ko’ra, benzin miqdori ortishi Qozog’iston yoqilg’i quyish stansiyalarining narxi o’rtacha 10 tengega kamaytirilishiga olib keldi.

Ayni paytda rasmiyatchilar yoqilg’i-moylash materiallarini Rossiya, Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikistonga sotish bo’yicha kelishuvlarni imzolamoqdalar.

Shu bilan birga, Qozog’iston shartnomalarda nazarda tutilganidan ortiq benzin sotmaydi va ichki bozor har doim ustuvor bo’ladi.