Volvo haydovchisiz boshqariladigan elektrogruzovikni namoyish etdi, deb yozadi Hi-News.ru.

O’z-o'zini boshqaradigan avtomobillar keng tarqalmoqda. Va bu nafaqat yengil avtomobillar, balki katta yuk mashinalariga ham tegishli. Yaqinda yuk mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Volvo uzoq masofaga qatnaydigan kelajak yuk mashinasini namoyish etdi.

Ushbu loyiha Vera nomini oldi. Loyihaning katta qismi bajarilganiga qaramasdan, yuk mashinasi ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida turibdi. Shuning uchun yuk mashinasining qachon sotuvga chiqarilishi noma’lum.

“Albatta, yaqin kelajakda yuk mashinalari haydovchilari o’z ishlarini yo’qotmaydilar va avtomobillarini mustaqil boshqaradilar. Biroq, vaqt o’tishi bilan yuk avtonom transportiga talab tobora ortib boradi”, — deydi Volvo’ning texnik direktori Lars Stenkvist.

Yuk mashinasining xususiyatlariga kelsak, u 32 tonnagacha yukni torta oladi va barcha turdagi standart tirkamalar bilan mos keladi.

Ta’kidlanishicha, avtonom haydovchisiz yuk mashinalari kun bo’yi ishlash imkonini beradi, bu esa ko’plab kompaniyalar uchun juda foydalidir. Bu tovar aylanmasini optimallashtirish va yetkazib berish muddatini qisqartirish, shuningdek, samaradorlikni oshiradi.

Zarur bo’lganda, avtonom tashish masofadan boshqarilishi mumkin.