Belorussiyaning Belkommunmash kompaniyasi sinovdan o’tkazish uchun Toshkentga elektr avtobusini taqdim etadi. Spot’ga bu haqda kompaniyaning vakillari poytaxtdagi ko’rgazmada ma’lum qildilar.
Avvalroq, hokimiyat matbuot xizmati Toshkent shahar v.b. hokimi Jahongir Artikxo’jayev va Belkommunmash bosh direktori Vladimir Korol kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuv haqida xabar qilgan edi.
Vladimir Korol Spot muxbiriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, elektr avtobusi ekologik toza transport vositasi bo’lib, u 5−7 daqiqada zaryadlanadi. Elektr avtobus video kuzatuv tizimlari, GPS-navigatsiya va iqlim nazorati bilan jihozlangan.
“O'zbekiston prezidenti uchun kichik taqdimot o’tkazdim. Men uning muqobil energiya manbalari haqida xabardorligi va bu sohada aniq rejalar haqida o’ylashidan qoyil qoldim”, — dedi Belkommunmash kompaniyasi rahbari.
Kompaniyaning elektr avtobusi innovatsion yo’lovchi transport vositasidir. Shu bilan birga, u trolleybus va avtobusning afzalliklarini birlashtiradi.
Belkommunmash kompaniyasi MDH davlatlarida yer shahar elektr transportini ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.