GM Uzbekistanning ochiq osmon ostidagi avtosalonlarida 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotildi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Xabarga ko’ra, 15−16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar"da 38 dona “Cobalt”, 30 dona “Lacetti”, 28 dona “Spark” va 3 dona “Nexia” avtomobillari sotilgan.
“Savdo bo‘yicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qo‘qon hamda Farg‘ona shaharlarida qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona “Malibu” avtomobili ham sotildi. “Ochiq osmon ostidagi savdolar"ga qo‘yilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi bo‘yicha sotuvga qo‘yildi.