“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi aviatashuvlar hajmini oshirmoqda. Bu haqda Spotga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra, oʻtgan yil natijalariga koʻra aviakompaniya 2,7 million yoʻlovchini tashigan boʻlsa, bu yil uch milliondan ziyod yoʻlovchini tashishni rejalashtirmoqda. Yuk tashuvlari koʻrsatkichlari oshib bormoqda.
“MAK yuk laynerlari Xalqaro intermodal logistika markazida tashkil etilgan „Navoiy“ xalqaro aeroportini Yevroosiyoning asosiy logistika markazlari bilan bogʻlamoqda”, deyiladi xabarda.
Terminal hududida yuklarni qayta ishlash uzluksiz tartibda amalga oshiriladi, import va eksport qilinadigan yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi — yuk tashuvlari xalqaro hamkorlik tizimida ishlash imkonini beruvchi amaldagi bojxona qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajariladi.