“Yil talabasi” tanlovi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining “Ta'lim tizimida ma’naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, “Ma'naviyat va ma’rifat” markazi tarkibida talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani tashkil etildi.

Ushbu dasturga ko‘ra, “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uni har yili o‘tkazib borish belgilandi.

Shu bilan birga, bloggerlar klubi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Har bir ta’lim muassasasida notiqlik mahoratiga ega bo‘lgan talaba (yoki o‘quvchi)lardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar klubi” hamda “IQ-SHOU” teletanlovi tashkil etiladi.

Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida olib boriladigan isloxotlar, ta’lim bilan bog‘lik dolzarb muammolar va ularning yechimini tahlil qilish, xamda yoritib borish maqsadida press-klub tashkil etiladi.