Asakada elektrokar ishlab chiqariladi, deb yozadi O’zA.
Xabarga ko’ra, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov Asaka tumanida tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
“Uchrashuvda viloyatda 2018−2019 yillarda amalga oshirilishi belgilangan, lekin banklar tomonidan moliyalashtirilishi kechiktirilayotgan 31 ta investitsiya loyihasi muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
“Rooper teikom Co. Ltd” kompaniyasi direktori Sung In Song so’zlariga ko’ra, ular O‘zbekistonda tadbirkorlar, ayniqsa, investorlarga keng imkoniyatlar yaratilgani uchun ham O’zbekistonda ish olib borishga qaror qilishdi.
“Hamkorlarimiz bilan umumiy qiymati 2 million $ dollari bo‘lgan loyiha doirasida kelgusi yil oxiriga qadar Asakada elektrokar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldik”, — deydi Sung In Song.
Ta’kidlanishicha, muloqot davomida yangi loyihalarni amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning aksariyati hal etildi, ayrim masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.