Chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov, deb yozadi bank matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Prezidentining “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yangi chakana to‘lov tizimini yaratish maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan, ushbu milliy chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlovda ishtirok etishingizni so‘raymiz. O‘z hissasini qo‘shish istagini bildirgan fuqarolar, g‘oya va takliflarini Markaziy bankka (quyidagi manzil orqali) taqdim etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • birinchi bosqichda mazkur tizimni nomlash bo‘yicha takliflar joriy yilning 1 oktyabriga qadar qabul qilinadi va shu bilan birga eng yaxshi g‘oyalar (short-list) tanlanadi.
  • ikkinchi bosqichda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshi g‘oyalar orasidan g‘olibni ovoz berish yo‘li orqali fuqarolar tomonidan aniqlanadi (ovoz berish tartibi short-list shakllangandan so‘ng e’lon qilinadi).

To‘lov tizimining nomi o‘zida milliy uyg‘unlikni aks ettiruvchi bir yoki ikki so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.