“Muruvvat teks” Toshkentdagi “Qoratosh” trikotaj fabrikasini auksionga qo’ydi. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.
Fabrika Toshkent shahar, Shayxontoxur tumanida joylashgan bo’lib 2 qavatdan iborat, 23 xona va yerto’la ham mavjud.
Bino 2005 yilda qurilgan bo’lib, gaz, suvga ega.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,58 ga, binoning umumiy maydoni 2 318 kvadrat metr.
Auksion 26 oktyabr kuni bo’lib o’tadi, arizalar 24-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Baholangan narx 12 milliard so’m, zakalat puli esa 633 million so’mni tashkil etadi.
E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.