Toshkentda o’tkazilayotgan ICTWEEK Uzbekistan 2018 ko’rgazmasida “O'zbektelekom” Spot muxbiriga O’zbekistondagi birinchi “Masofaviy savdo ofisi” pilot loyihasi, metro bekatlarida vayfaying ishga tushirilishi, shuningdek, “O'zbektelekom” AK va “ElKat” MCHJ (Qirg'iziston Respublikasi) o’rtasida Quvasoy (Farg'ona viloyati) — Qizil-Kiya (Batken viloyati) hududida yangi transchegaraviy aloqa qurilishining ijobiy natijalari haqida ma’lumot berdi.

Masofaviy savdo ofisi

Ta’kidlanishicha, Winncom Technologies bilan hamkorlikda O’zbekistonda ilk bor yo’lga qo’yilayotgan “Masofaviy savdo ofisi” pilot loyihasi sinovdan o’tkazilmoqda. Bunda abonentlar savdo markazlari, banklar, shifoxonalar, soliq qo’mitalari kabi turar joylaridan qat’iy nazar kompaniyada yo’lga qo’yilgan video qo’ng’iroq orqali operatorga ulanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

“Birinchidan, mazkur xizmat „Masofaviy savdo ofisi“ pilot loyihasi orqali „O'zbektelekom“ masofadan abonentlarga xizmat koʻrsatishning zamonaviy va qulay yechimni taklif qiladi. Ikkinchidan, mijozlar kompaniya operatori bilan jonli muloqotga kirishib, qiziqtirgan savollariga javob olishlari, kompaniya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Shu bilan birga, abonentlar maxsus qurilma orqali masofadan turib operatorga hujjatlari nusxasini yuborib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo’ladilar” — deydi “O'zbektelekom"ning texnik hamkori Kseniya Vixtikina.

“Yagona oyna” tamoyili boʻyicha ishlaydigan loyiha kompaniyaning xizmatlarini yanada qulayroq qilish, navbatdagi kutish vaqtini kamaytirish va mijozlarga yuqori texnologiyalar orqali xizmat koʻrsatishni taʼminlay oladi.

Internet tezligi ortdi va narxlar 31% ga pasaydi

16 avgust kuni “O'zbektelekom” AK va “ElKat” mas’uliyati cheklangan jamiyati (Qirg'iziston Respublikasi) o’rtasida Quvasoy (Farg'ona viloyati) — Qizil-Kiya (Batken viloyati) hududida yangi transchegaraviy aloqani qurish jarayoni tugallan edi.

Kompaniya a’zolarining ta’kidlashicha, Yangi transchegaraviy aloqa Qirg’iziston hududidan o’tadigan Internetga chiqish uchun muqobil yo’lni ochdi. Internet tezligi qisaqa muddat davomida sezilarli darajada oshdi.

“Кompaniya operator provayderlari kanallariga 2 oy davomida narxlarni 31% ga pasaytirdi”, deya ta’kidladi operator vakillaridan biri.

Shuningdek xabarga ko’ra, yil boshida internet sig’imi 94 gb. ni tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunga kelib 106 gb. ga yetdi.

Metrolarda Wi-Fi qachon ishga tushiriladi?

“O'zbektelekom” AJ marketing bo’limi mutaxassisi Marina Korochkina ta’kidlashicha, metro bekatlarida Wi-Fi ning ishga tushirilishini kompaniya a’zolari mamlakat ahli kabi intiqlik bilan kutmoqda.

““O'zbektelekom” taqmoqning paydo bo’lishi (metrodagi Internet) ni ta’minlaydigan yagona kompaniya emas. Buning uchun qator kompleks ish mavjud “, — deya ta’kidladi kompaniya vakili.

Shuningdek, kompaniya mutaxassislari loyihani xalqaro tajribaga asoslangan holda amalga oshirish uchun bir necha takliflar ishlab chiqdilar va ular Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuborildi.

Xususan, ikkita variant taklif etildi:

  • ma’lum miqdorda Internetga pullik kirish. To’lovdan keyin tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi kodni kiritish kerak bo’ladi;
  • reklamachilar bilan ishlash mumkin. Bu holda, reklamani ko’rganingizdan so’ng, Wi-Fi bepul foydalanish mumkin.