“Panasonic Avionics Corporation” (PAC) payshanba kuni ertalab “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan parvoz paytida internetning ko‘ngilochar sohasidagi yechimlarni taqdim etish va uyali aloqadan foydalanish (IFEC) borasidagi kelishuvni e’lon qildi. “Spot” tahririyatiga kelib tushgan matbuot xabarnomasida shunday deyiladi.

“PAC” 2019 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining ixtiyoriga topshiriladigan ikkita “Airbus A320neo” samolyotlari bortiga “IFEC X-Series” yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzdi.

Bundan tashqari, allaqachon foydalashnishda bo‘lgan uchta “Boeing” uchun “PAC” aloqa xizmati maxsus ravishda takomillashtiriladi.

Kompaniya samolyotlarni “Multi-Touch HD” ekranlari va har bir o‘rindiqni USB-quvvatlagich moslamalari bilan jihozlash niyatida.

Shuningdek, barcha yangi samolyotlar borti Wi-Fi-xizmati bilan ta’minlanadi. Kompaniya uning asosiy afzalligini e’lon qildi, bu — yaxshilangan internet o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish, videofayllar oqimini tomosha qilish imkonini berish qobiliyatidir.

Drimlaynerlar yo‘lovchilari parvoz paytida uyali aloqa telefonlaridan foydalashlari va “CNN”, “Euronews”, “CNBC”, “NHK”, “Sky News Arabia”, “BBC World News” va “Sport 24” teletarmoqlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirini kuzatib borishlari mumkin.

“Panasonic Avionics Corporation"ning ijrochi direktori Xideo Nakano “O‘zbekiston havo yo‘llari” qadrli mijoz ekanligini qayd etib o‘tdi.

“Biz ko‘ngilochar sohada IT-yechimlarni tanlash va yangi flotlarda pavoz paytida aloqa borasida ular bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz, — dedi Nakano.

Hozirda kompaniya faqat G‘arb reaktiv samolyotlaridan iborat flotini ishga tushiryapti, “Boeing-757/767” va “Drimlayner” Boing 787−8″, “Aerobus A320” va “Boing 767−300BCF” shular jumlasidandir.