“O'zbekiston havo yo’llari” Pxuketga (Tayland) qatnovni yo’lga qo’ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Pxuketga to’g’ri qatnov 2019 yil 5 yanvardan 2 fevralga qadar amalga oshiriladi.

1 haftada bir marta amalga oshiriladigan qatnov jadvali (mahalliy vaqt):

  • shanba: HY-535 Toshkent 21:00 — Pxuket 05:30 (yakshanba)
  • yakshanba: HY-536 Pxuket 07:05 — Toshkent 11:45

Qatnov Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ilgari Spot “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK aviatashuvlar hajmini oshirayotganligi haqida xabar bergan edi.