Tadbirkor Alisher Usmonov “Россия 1” telekanal efirida O‘zbekistondagi loyihalari rejasi haqida gapirib berdi. Intervyuning bir qismi Toshkentda bo’lib o’tdi.

Alisher Usmonov “Paxtakor"ga 20 million $ miqdorida sarmoya kiritdi va hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini bildirdi:

“Men faqatgina biznes sohasida yordam beraman. Mening tasarrufimdagi, ya’ni men aksiyadori hisoblangan kompaniyalar kooperatsiyalarda har tomonlama ko‘maklashishi aniq. O‘zbekiston metallurgiya kombinati bilan buni shunday tarzda amalga oshiramiz. Biz uchun bu — bozor, sotish joyidir, kombinat uchun esa -raqobatbardosh sifatga ega metall yaratish va undan qayta foydalanish imkonini ham beruvchi ajoyib sifatli xomashyo”, — deb ta’kidlab o‘tdi Usmonov.

Shuningdek, tadbirkor “Metalloinvest” allaqachon o‘z mahsulotlarini zavodga yetkazib berayotganini qayd qilib o‘tdi:

“Biz issiq briketli temir yetkazib beramiz”, — dedi biznesmen.

Usmonov ta’kidlashicha, yiliga yetarlicha katta hajmda, ya’ni 100 million $ ga qadar bo‘lgan summada xomashyo yetkazib beriladi.