Ukraina xalqaro savdosi bo’yicha idoralararo komissiyasining O’zbekistondan olib kelinadigan yengil avtomobillar importiga nisbatan subsidiyaga qarshi tergovni boshlash va o’tkazish bo’yicha ma’ruzasi e’lon qilindi.
Tergov Ukraina “Ukravtoprom” avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasining shikoyati asosida boshlangan.
Tekshiruv natijalariga ko’ra, komissiya shikoyatda O’zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilarining O’zbekiston hukumati tomonidan subsidiyalar olishi va bunday subsidiyalardan muayyan foyda olishlari mumkinligini ko’rsatadigan yetarli ma’lumot bergani aniqlandi.
Shuningdek, Ukrainaga olib kiriladigan avtomobillar bunday hajmda va bunday sharoitda olib borilishi Ukraina ishlab chiqaruvchilariga sezilarli zarar yetkazishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotlar mavjudligi ham aytilgan.
2015−2017 yillar mobaynida O’zbekistonda ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar importining sezilarli darajada o’sishi qayd etildi: mutlaq tavsifda — 760,7%, Ukrainada iste’mol va ishlab chiqarishga nisbatan — 440,7% va 957,7%.
Shu bilan birga, yengil avtomobillar uchun import bahosi Ukrainadagi avtomobillarga qaraganda past edi.
Shu munosabat va Qonunning 15-moddasi o’n uchinchi qismiga binoan Komissiya qaror qabul qildi, unda O’zbekistondan Ukrainaga avtotransportlarni olib kirishga bog’liq subsidiyaga qarshi tekshiruv boshlandi.
Tekshiruvni o’tkazish Ukraina Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga zimmasiga topshirildi.
Agentlik 30 kun mobaynida manfaatdor tomonlarni tergov qilish uchun ro’yxatdan o’tkazadi va sud majlisiga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqadi.
60 kun mobaynida Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tergovni boshlash to’g’risida yozma sharhlar va ma’lumotlarni ko’rib chiqadi.