3 oktyabrdan 4 oktyabrga o‘tar kechasi servisga kirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi, ertalabga yaqin esa sayt ochilishi butunlay to‘xtadi.

3 oktyabr kuni butun dunyo bo‘ylab Instagram ishida kuzatilgan nosozlikdan farqli ravishda, bu safar uzilishlar faqatgina ayrim mamlakatlarda ro‘y bermoqda.

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, uzilish markazlaridan biri O‘zbekistonda to’g’ri kelgan:

VPN orqali o‘zgartirilgan lokatsiya bilan YouTube ishlamoqda.

O’zbekistonda Facebook tarmog’iga ulanishdagi qiyinchilik VPN ilovasining ommaviylashuviga olib kelgan edi. Shu sababli VPN Proxy Master bir necha kun davomida O’zbekistonda iOS uchun eng ko’p yuklab olingan dastur bo’ldi.

Ilgari Spot O’zbekistonda Facebook uzilishlar bilan ishlayotgani haqida xabar bergan edi.