“Spot” fevral va iyul oylarida O‘zbekiston banklarida berilayotgan avtokreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ulashgan edi.

O‘shandan beri ushbu bozorda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: yangi qatnashchilar paydo bo‘lib, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi. Birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olishda beriladigan avtokreditlar bu kuzatuvdan mustasno.

O‘zbekiston milliy banki

Kreditning maksimal miqdori — 70%gacha, boshlang‘ich to‘lov — 30%. Garov sifatida avtomobilning o‘zi qo‘yiladi, shu vaqtgacha esa — moliyaviy holati barqaror yuridik shaxsning kafolati, sug‘urta polisi va garovning boshqa ko‘rinishlari talab etilardi. Foiz stavkasi haqida ma’lumotlar yo‘q, lekin kalkulyatsiya bor.

“O‘zsanoatqurilishbank”

Bu yerda yengil avtomobillarni xarid qilish uchun EKIHning 2000 barobarigacha bo‘lgan hajmda 48 oy muddatga kredit olish mumkin (iste'mol krediti doirasida). Foiz stavkasi haqida ma’lumot yo‘q.

“Qishloq qurilish bank”

Kredit to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi, boshlang‘ich to‘lov miqdori 30%dan kam emas. Foiz stavkasi — 22%dan kam bo‘lmagan miqdorda, imtiyozli davri — 6 oy. Asosiy qarz imtiyozli muddat tamom bo‘lganidan so‘ng bir xilda taqsimlanadi. Kredit oluvchi va kafil kredit va uning foizini to‘lash uchun o‘rtacha yillik ish haqi va ularga tenglashtirilgan mablag‘larning 70%igacha yo‘naltirishi mumkin.

“Turonbank”

Kreditlar EKIHning 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan hajmda uch yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi (imtiyozli davrsiz). Yillik foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqadi. Agar to‘lov miqdori 25%dan to 34%gacha bo‘lsa, u holda stavka 24%; agar 35−49% bo‘lsa, unda 22%; agarda 50%dan ko‘p bo‘lsa, unda 20%.

“Aloqabank”

Iyul oyi bilan qiyoslaganda bu yerda yangi shartlar kiritilganini ko‘rish mumkin. Garov depoziti avtomobil narxining 25%i miqdorida, lekin muddat va foiz stavkasi o‘zgardi. Agar yozda 4 yil bo‘lgan bo‘lsa, unda hozir 12, 18 oy (imtiyozli davrsiz) va 4 yil (imtiyozli davri 3 oy)ni tashkil etadi. Agar yozda stavka 20% bo‘lgan bo‘lsa, endilikda u kredit miqdoridan kelib chiqadi — 12 oyga 19%, 18 oyga — 20%, 4 yilga — 21%.

“Ipak Yo‘li” banki

Bu yerda muddat o‘zgargan. Agar yozda 36 oy bo‘lgan bo‘lsa, endilikda kreditni 48 oyga olish mumkin. Summasi va foiz stavkasi oldingidek qoldi — 250 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan, 49%gacha bo‘lgan boshlang‘ich to‘lov bilan yillik 25,5% stavkasini tashkil etadi, 50%dan yuqori bo‘lsa — stavkasi 24%. Boshlang‘ich to‘lov miqdori va garov turiga bog‘liq.

“Kapitalbank”

Bankning ma’lum qilishicha, avtokreditni 45 daqiqada rasmiylashtirish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov — 25%, muddat — 48 oy. Foiz stavkasi haqida hech nima deyilmagan, ammo saytida kalkulyatsiya bor. Ta’minot sifatida sotib olinayotgan avtomobil qabul qilinadi.

“Asia Alliance Bank”

Bu yerda maksimal foiz stavkasi pasaydi — agar fevral oyida u 28% bo‘lsa, u holda iyul oyida 26%, hozirda esa 25%. Muddatlar ham o‘zgardi — agar ilgari ular uch yildan boshlab bo‘lgan bo‘lsa, uch yilgacha bo‘lgan muddatga ham olish mumkin. Foiz stavkasi muddati va boshlang‘ich to‘lovidan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, agar to‘lov 25%dan 49%gacha, kredit muddati esa uch yilgacha bo‘lsa, unda stavkasi 23%ni tashkil etadi. Agar muddat uch yildan to‘rt yilgacha bo‘lsa, unda stavka 24% bo‘ladi, agarda to‘rt yildan besh yilgacha bo‘lsa, u holda 25%ni tashkil etadi.

“InfinBANK”

Iyul oyining oxirida bankda avtokreditlar paydo bo‘ldi, hozirda shartlarda o‘zgarishlar bor, xususan, foiz stavkasida. Bir yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi, foiz stavkasi 18%dan 26%gacha (yozda 16%dan 24%gacha edi) yillik boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 25% — 4 yilgacha, 26% yillik;
  • to‘lov 40% — 4 yilgacha, 24% yillik;
  • to‘lov 50% — 3 yilgacha, 22% yillik;
  • to‘lov 50% — 2 yilgacha, 20% yillik;
  • to‘lov 60% — 1 yilgacha, 18% yillik.

“Trastbank”

Kredit uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kreditni to‘lash muddatini cho‘zmaslik sharti bilan beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq — agar u 30% bo‘lsa, unda stavkasi 24%; agar 40% bo‘lsa, unda stavkasi 23%; agar 50% bo‘lsa, unda stavkasi 22%ni tashkil etadi.

“Davrbank”

Kreditlar 48 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi 20% (boshlang‘ich to‘lov 30%) va 24% (to‘lov 25%). Kredit ta’minoti — 125%dan kam emas, garov mol-mulkmi yoki avtomobilmi, uning ishlab chiqarilish sanasi 5 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.

“Ravnaq-bank”

Iyul oyi bilan taqqoslaganda shartlar o‘zgardi. Endilikda kreditlar besh yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi (yoz faslida bir yildan uch yilgacha edi), foiz stavkasi hozirda 28% (boshlang‘ich to‘lovi avtomobil narxidan kelib chiqib 25%) va 30% (to‘lovsiz).

“Ipoteka-Bank”

Iyul oyi bilan taqqoslaganda foiz stavkalari o‘sgan (endilikda 20% emas, balki 25%) va depozit hajmi (25% o‘rniga 30% bo‘ldi). Summasi va miqdori oldingidek qoldi — EKIHning 700 barobarigacha uch yilgacha bo‘lgan muddatga.

“Orient Finans” bank

Shartlar o‘zgarmadi: avtokreditlar 300 million summadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 48 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25% bo‘lsa, stavkasi 22%, 50% va undan ko‘p bo‘lsa — 20% bo‘ladi. To‘lov miqdori nolga teng bo‘lganida (qarz summasining kamida 50%iga teng summadagi mol-mulkni garov sifatida taqdim etib) — 23% yillik.

“Hamkorbank”

Iyul oyi bilan taqqoslaganda maksimal muddat o‘zgardi — endilikda 36 oy emas, balki 48 oygacha. Qolgan shartlar oldingidek — EKIHning 1000 barobarigacha, minimal 30% boshlang‘ich to‘lov, minimal foiz stavkasi 25%. Ikkilamchi bozor avtomobillari uchun shartlar boshqacharoq.

Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar tez-tez o‘zgarib turadi.