Rossiyada Ravon avtomobillarining yetishmovchiligi 4 oy davomida kompaniya bitta dona bo’lsa ham avtomobil sotmasligiga olib keldi. Yevropa biznesi uyushmasi ma’lumotlari (Spot'da bor) bundan dalolat beradi.

So’nggi marta kompaniya tomonidan may oyida 508 dona avtomobil sotildi. O’sha paytning o’zidayoq kompaniya dilerlik markazlarida avtomobillar qolmadi.

Avtomobil yetishmovchiligining kamida ikki sababi bor — Rossiya bozoridagi narxlarni qaytadan ko’rib chiqilishi va kompaniyaning biznes modeli o’zgarishi:

“Rossiya va O’zbekiston milliy valyutasining o’zgarishi, shuningdek RF utilizatsion yig’imlarining stavkalari oshishi narxlarning qayta ko’rib chiqilishiga sabab bo’ldi. Biznes modelining o’zgarishi yangilangan modellarga sabab bo’ldi va Ravon brendining rivojlanishi bilan davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Administratorlar Ravon brendining Rossiyadagi uyushmasi rasmiy saytidagi mijozlarning avtomobil bilan bog’liq savollariga xozirgi vaqtga qadar javob bera olmayabdilar.

Tez orada Rossiyadagi avtomobillarning savdosi tiklanishi kutilgan edi, lekin sentyabr oyida ham bunday bo’lmadi.

Rossiyada bir necha to’siqlar bor — bu 1 400 $ ni tashkil etadigan utilizatsiya yig’imi. Ushbu chora avtomatik ravishda mashina narxini oshiradi. Avtomobillarning narxini 11% ga qisqartirishga erishildi, bu yaqin kelajakda eksportni qayta tiklashga imkon beradi.

Ilgari Spot Ukraina O’zbekistonning yengil avtomobillariga nisbatan subsidiyaga qarshi tekshiruvni olib borayotgani haqida xabar bergan edi.