O’zbekiston tadbirkorlarining davlat xizmatlari sifatidan qoniqqanlik darajasini aniqlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi so’rovnoma o’tkazdi.
So’rovnomada tadbirkorlar internet orqali qanday xizmatlarga talab mavjudligi va davlat xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarini berdilar.
So’rovnoma ishtirokchilari
So‘rovnomada qatnashgan tadbirkorlarning ko‘pchiligini (92%) erkaklar tashkil etib, ularning qariyb yarmidan ko‘pini (53%) aholining 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qatlami tashkil etdi.
Qanday xizmatlarga talab mavjud?
“Tadbirkorlarda Internet orqali qanday xizmatlarga talab mavjud?” savoliga quyidagi javoblar berilgan:
- yuridik shaxslar uchun kommunal xizmatlar bo‘yicha hisobotlarning Internet orqali topshirilishi. Ayni paytda tadbirkorlar (yoki ularning vakillari) bunday hisobotlarni topshirish uchun har oy navbatda turishlariga to‘g‘ri keladi;
- bank xizmatlarini (kreditlash, kassa apparatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va h.k.) soddalashtirilgan tarzda, bankka tashrif buyurmay olish;
- muvofiqlik sertifikatlari, turli ruxsatnomalar, kommunal xizmatlarga ulanish, bojxonada tozalash, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining sertifikatlariga buyurtmanomalar;
- qarz mavjudligi, soliq ajratmalari schyotdan so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida sms-xabarlar olish, qarz mavjud emasligi haqidagi hisobotning shakllantirilishi va h.k.;
- OneID va my.gov.uz orqali xizmatlar bilan ishlaganda yuzaga keladigan savollar bo‘yicha zarur axborot va qadamma-qadam yo‘riqnoma olish;
- sug‘urtalash, kreditlarni so‘ndirish, navbatga yozilish va boshqa buyurtmanomalar berish;
- transport vositalarini ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
- davlat dasturlari va rejalari (investitsiyalar, xarajatlar, moliyalashtirish manbalari, yo‘nalishlar, xaridlar) haqida batafsil ma’lumotlar.
Bundan tashqari, yangi elektron davlat xizmatlarini ishga tushirishdan avval ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etgan holda, ularni amalga oshirishning to‘liq mexanizmini ishlab chiqish taklifini berdilar.
Qaysi xizmatlarni yaxshilash lozim?
Yana bir “ochiq” savollardan biri tadbirkorlarning davlat xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflaridir:
- hujjatlarni kamaytirish hamda davlat korxonalari tomonidan “o‘ta tartibga solish"ni erkinlashtirish;
- raqamli imzo olish jarayonini soddalashtirish, uni muddatsiz holda taqdim etish (yoki umuman rad etish) hamda yangi xizmatlarni joriy etish orqali shaxsiy kabinetlarni rivojlantirish;
- joylarda kadrlar malakasiga oid masalalarni hal qilish. “Inson omili biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish juda qiyin” — shu kabi javoblar ko‘plab tadbirkorlar tomonidan takrorlandi;
- davlat xizmatlarini rag‘batlantirish marketing tizimini ishlab chiqish: KPI tizimi asosida tadbirkorlar uchun bonuslar, maxsus aksiyalar yaratish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlaridagi call-markazlarini xizmatlar olish masalalari bo‘yicha tezkor va aniq javob berishni yo‘lga qo‘yish orqali kuchaytirish;
- davlat korxonalarini bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, ma’lumotlar saqlash serverlarini yanada kuchaytirish;
- davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
- internet orqali xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash (xizmatlar ko‘rsatish vaqtini belgilash, bayonotlarga javob berish);
- barcha davlat xizmatlarini batafsil tekshirishdan o‘tkazish, ularni maksimal miqdorini xususiy sektorga o‘tkazish;
- YAIDXP kabinetida so‘rovni ko‘rib chiqishning har bir bosqichini, vaqtini, har bir bosqichga mas’ul shaxslarning familiyasini ko‘rsatish;
- YAIDXP mobil ilovasini ishlab chiqish.