Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgusi haftada O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan borishini, muzokaralar yakunida ko‘plab hujjatlar imzolanishi va AES qurilishi boshlanishini ma’lum qildi.
“Umid qilamanki, kelgusi haftada Toshkentga davlat tashrifi chog‘ida biz Shavkat Mirziyoyev bilan keng miqyosda muzokaralar olib boramiz. Uning natijasida birgalikda qo‘shma hukumatlararo va savdo hujjatlari imzolanadi”, — dedi V. Putin xorijiy davlatlar elchilariga ishonch yorlig‘i topshirish marosimida so‘zga chiqqanida, ularning orasida O‘zbekistonning elchisi ham bor edi.
Rossiya Prezidenti O‘zbekiston strategik hamkor va ittifoqdosh ekanligini, barcha muhim sohalar — siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy gumanitar tizimda ikki tomonlama munosabatlar chuqurlashib borayotganini ta’kidladi.
Uning tashrif chog‘ida O‘zbekiston tarixidagi birinchi atom stansiyasi “Rosatom” qurilishi boshlanishi ham kutilmoqda.