O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 708 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,3 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 31% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20% ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 13% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Andijon va Namangan viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 49% ga teng.