Prezidentining “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yangi chakana to‘lov tizimini yaratish maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan, Markaziy bank chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov e’lon qilgan edi. 24 sentyabr kuni e’lon qilingan milliy chakana to’lov tizimining nomini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tanlov natijalari asosida ikkinchi bosqich uchun ro’yxat (short-list) aniqlandi.
Tanlovning birinchi bosqichida chakana to’lov tizimi nomini aniqlash yuzasidan 2 439 ta taklif kelib tushdi va tanlov shartlariga ko’ra quyidagi nomlar eng ommabop deb topildi:
- HUMO
- ADRAS
- ANOR
Markaziy bank ikkinchi bosqichda ishtirok etishga taklif qiladi va 2018 yil 22 oktyabrgacha yuqorida ko’rsatilgan nomlardan birini tanlash uchun ilova orqali ovoz berishingizni so’raydi.
Eng ko’p ovoz to’plagan nom yangi milliy chakana to’lov tizimining brendiga aylanadi.