Mail.ru Group “MegaFon” kompaniyasining asosiy egasi o‘z ovozini boshqaruvi ostidagi guruhga beradi, deb yozadi “Ъ” nashri.

Shu munosabat bilan Mail.ru ning direktorlar kengashi o‘zgaradi: USM xolding vakili o‘rniga Alisher Usmonov va uyali aloqa operatorining o‘rniga boshqa yangi egalik qiluvchilar — Gazprombank menejer va xodimlari bo‘ladi.

Alisher Usmonovning o‘zi esa raqamli biznesni tark etmoqchi emas:

“Kelajak yuqori texnologiyali kompaniyalar va internet loyihalardadir. Agar ijtimoiy tarmoq bozorida, ya’ni biz o‘z vaqtida sarmoya kiritgan Facebook, Twitter va ''VKontakte''da bizning o‘z liderlarimiz bo‘lsa, unda elektron tijorat sohasida ham biz rivojlanayotgan yirik bozorni ko‘rmoqdamiz va keyingi besh-o‘n yilni uni rivojlantirishga bag‘ishlaymiz”, — USMning xabarida uning so‘zlari keltirilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, yaqin yillardagi yana bir maqsadlaridan biri — Alibaba dagi hamkorlar bilan birga Yevropada e-commerce sohasida yirik kompaniya barpo qilish hamda Amazon va eBay kabi riteyl-gigantlarning pozitsiyalarini biroz qisqartirishdir.

Alibaba, “MegaFon”, Mail.ru va RTIFning bir oydan oldin e’lon qilingan birgalikdagi loyihasi runeta tarixidagi eng yirik bitimlardan biriga aylandi.

Tomonlar AliExpress Russia bazasidagi aktivlarni elektron tijoratda birlashtirishdi, uning qiymati taxminan 2,1 milliard dollarga baholandi.

Ilgari Spot Alisher Usmonovning O‘zbekistondagi loyihalari rejasi haqida xabar bergan edi.